Mualliflar
Abdulfattoh Abu G‘udda

Abdulla Qodiriy
Abdulla Qodiriy (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX-asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–1906), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925-26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan. Abdulla Qodiriyning ulkan merosi haligacha kitobxonlar qalbidan joy olmoqda.

Ahmad Muhammad Tursun
Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1979 yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. 1967 yildan buyon matbuotda faoliyat olib boradi: «Namangan haqiqati» gazetasida turli vazifalarda, «Namangan atlasi», «Irfon», «Tarjimon», «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 2003-2010 yillarda «Hidoyat» jurnalida bo‘lim muharriri bo‘lgan. 2014 yildan «Hilol-nashr» nashriyotida muharrirlik qilgan. Ellikka yaqin badiiy, ilmiy-ma’rifiy, publitsistik kitoblari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi. Muallifning «Siz qanday yashamoqchisiz?», «Sohilsiz dengiz», «Ulug‘lar shunday yashashgan», «Ko‘hna dunyo rivoyatlari», «Hikmatlar kitobi», «Rivoyatlar kitobi» kitoblari «Hilol nashr» nashriyotida, «Dunyoni tkbratgan buyuklar» silsilasidagi «Avrangzeb Olamgir. Boburiy hukumdor va ma’rifat homiyi», «Abu Homid G‘azzoliy. Qalblar tabibi», «Salohiddin Ayyubiy. Quddus xaloskori», «Hasan Basriy. Atoqli donishmand», «Umar ibn Abdulaziz. Adolatli hukmdor», «Abdulloh ibn Muborak. Buyuk muhaddis va faqih», «Amir Temur. Buyuk sarkarda va sohibqiron» kitoblari «Qaqnus media» nashriyotida chop etilgan. Shuningdek, turli yillarda Ahmad Muhammad Tursunning «To‘rt dengiz osha sayohat», «Barcha davoning boshi», «Qaynona va kelin», «Islom hazorasi», «Umrning bir lahzasi», «Tarozining ikki pallasi», «Tabobat kitobi», «Sedana 1000 dardga davo», «Har dardning davosi bor», «Sharq Haqni topdi», «Haq hamisha g‘olib», «Ota-ona rizosi», «Quddus amakining saboqlari», «Islom dini», «Ahmad amakining saboqlari» kabi kitoblari chop etilgan. Ahmad Muhammad Tursun 2021 yil 18 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Bilol Kemikli
Bilol Kemikli (Bilal Kemikli) — turkiyalik akademik, shoir va yozuvchi. U 1965-yil 2-yanvarda Turkiyaning Sivas viloyatidagi Olukman qishlog‘ida tug‘ilgan. Bilol Kemikli Anqara Universiteti Ilahiyat fakultetini tamomlagan, 1998-yilda doktor, 2002-yilda dotsent va 2008-yilda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. U asosan diniyat, falsafa, adabiyot va insoniy qadriyatlar mavzularini qamrab olgan asarlar muallifi sifatida tanilgan. Faoliyati davomida Bilol Kemikli Turkiyada turli universitetlarda, jumladan Bursa Uludag universitetida ishlagan, dekan va kafedra mudiri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. Ilmiy ishlari va yozgan asarlari ko‘proq diniy-falsafiy mazmunga ega bo‘lib, u o‘z asarlari orqali axloq, inson ruhi, zamonaviy ijtimoiy masalalar haqida chuqur mulohazalar bildiradi. Uning ijodi nafaqat Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham o‘qiladi va asarlari O‘zbekistonda ham nashr etilgan.
Doktor Jihod Al-Turboniy
Doktor Jihod at-Turboniy (Jihad Al-Turbani) – Falastinlik yozuvchi, shoir va tarixiy tadqiqotchi bo‘lib, asosan Islom tarixi va buyuk shaxslarini yoritishga ixtisoslashgan. U ko‘plab she’r va kitoblar muallifi, jumladan, “Islom ummatining tarixini o‘zgartirgan 100 buyuk inson” (“100 Great People of Islam who Changed the Course of History”) nomli mashhur kitob muallifi sanaladi. Jihod at-Turboniy o‘z asarlarida musulmon ummatining tarixiy qadriyatlari, buyuk insonlar hayoti va faoliyatiga urg‘u beradi. Uning mashhur asarlaridan ba’zilar: “Xayriddin Barbarossaning 101 sirlari”, “Ariyus 101 sirlari”, “Muhammad (s.a.v.) maktabi”, “Sahobalar maktabi”, “Vandal urushi”, “Operation 101” va boshqalar.

Dr. Vahba Zuhayliy
Doktor Vahba Zuhayliy (1932–2015) Suriyalik mashhur Islom olimi va huquqshunosi bo'lib, u shariat, Islom huquqi, tafsir, hadis va Islom moliyasi sohalarida yirik mutaxassis edi. U Dayr-Atiya shahrida tug'ilgan, Al-Azhar universiteti va boshqa Misr oliy o'quv yurtlarida tahsil olgan, 1963 yilda Islom huquqi bo'yicha doktorlik darajasini olgan. Hayoti davomida u Damashq universitetida professor bo'lib ishlagan va ko'plab mamlakatlarda Islom huquqshunosligi bo'yicha ta'lim bergan.
Jorj Oruel
Usmon Sungur Yeken
Usmon (Osman) Sungur Yeken – turkiyalik yozuvchi, ma’naviy‑ruhiy mavzularda ma’ruzachi va media faol. 1988‑yilda Anqarada tug‘ilgan, Ege Universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishini tamomlagan. U yoshlik, oila, sevgi va hayot ma’nosi haqida kitoblar yozadi hamda shu mavzularda ma’ruzalar qiladi. “Çınaraltı” ilm va madaniyat harakati asoschilaridan biri bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar va turli dasturlar orqali ma’naviy-ma’rifiy kontent yaratadi. Uylangan, farzandlari bor.